Bugun qayerda o'ynaymiz?
Poliya — Toshkentdagi futbol maydonlarini topish va bron qilish ilovasi. Bo'sh vaqtni tanlang, so'rov yuboring — maydon egasi 30 daqiqa ichida tasdiqlaydi.
- Tez kundaApp Store
- Tez kundaGoogle Play
- Tez kundaTelegram bot
Chilonzor Arena
Kunduzgi150 ming / soat
Kechki180 ming / soat
Minimal 1 soat, qadam 30 daqiqa
Futbol maydoni qanday bron qilinadi
Maydonni toping
Yaqin maydonlar ro'yxatda va xaritada. Narx, masofa, maydon turi va o'lchami darhol ko'rinadi.
Vaqtni tanlang
Har bir kun 30 daqiqalik slotlarga bo'lingan: bo'sh, band yoki kutilmoqda. Kamida 1 soat tanlaysiz, narx shu zahoti hisoblanadi.
Tasdiqni kuting
Maydon egasi 30 daqiqa ichida javob beradi. Tasdiqlasa, vaqt sizniki. To'lov maydonda, o'yin kuni.
Yulduzcha emas, haqiqiy raqamlar
Poliya'da baho va sharhlar yo'q. Ularning o'rniga har bir maydonning amaldagi xatti-harakati ko'rinadi — uni soxtalashtirib bo'lmaydi.
- Javob berish darajasi
- Ega so'rovlarning qancha qismiga 30 daqiqa ichida javob bergani.
- O'rtacha javob vaqti
- So'rovdan tasdiqqacha odatda qancha vaqt o'tishi.
- Ega bekor qilgan bronlar
- Tasdiqlagandan keyin necha marta bekor qilgani.
O'yinchilar ham shunday ko'rinadi: nechta o'yinga kelgani va necha marta kelmagani ega so'rovni ochganda chiqadi.
Chilonzor Arena
Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi
Maydon egasimisiz?
Bronlarni daftar va Telegram yozishmalarida emas, bitta jadvalda yuriting. Ilovadan kelgan so'rovlar ham, telefon orqali kelgan mijozlar ham bir joyda.
- So'rovni bir tugma bilan tasdiqlang yoki sababini yozib rad eting.
- Telefon va Telegram orqali kelgan bronlarni qo'lda kiriting — jadval doim to'g'ri turadi.
- Ta'mir yoki bayram kuni vaqtni yoping.
- Kunduzgi va kechki narxni alohida belgilang.
- So'rov yuborgan o'yinchining ishonch ko'rsatkichlarini oldindan ko'ring.
Maydon qo'shish ilovaning o'zida: profil → «Ega rejimiga o'tish».
Jasur KarimovIshonchli
12 o'yin, 0 kelmagan, 1 bekor
24 daq qoldi“12 kishi bo'lamiz”TasdiqlandiRad etildi
O'yinchiga bildirishnoma ketadi, vaqt jadvalda band bo'ladi.
O'yinchiga sabab bilan xabar ketadi, vaqt yana bo'shaydi.
Ko'p so'raladigan savollar
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Hozircha to'lov maydonda, o'yin kuni — naqd yoki kartaga o'tkazma bilan, ega bilan kelishilgan tarzda. Narx ilovada oldindan aniq ko'rsatiladi.
Bronni bekor qilsa bo'ladimi?
Ha. Tasdiqlangan bronni o'yin boshlanishidan 3 soat oldingacha bekor qilish mumkin. Ega hali javob bermagan so'rovni esa istalgan payt qaytarib olasiz.
Ega javob bermasa nima bo'ladi?
So'rov 30 daqiqadan keyin o'zi bekor bo'ladi va vaqt yana bo'shaydi. Bu maydonning javob berish ko'rsatkichida aks etadi.
Poliya qaysi shaharlarda ishlaydi?
Toshkentdan boshlaymiz, keyin boshqa shahar va viloyatlar qo'shiladi.
Ilova qaysi tillarda?
O'zbek (lotin va kirill), rus, qoraqalpoq, qozoq va ingliz tillarida.
Maydonimni qanday qo'shaman?
Ilovada ega rejimiga o'ting, maydon ma'lumotlari, rasmlar, ish vaqti va narxni kiriting. Jamoamiz tekshirgach, maydon o'yinchilarga ko'rinadi.
Ilova qachon chiqadi?
Poliya hozir ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Android va iOS uchun bir vaqtda chiqadi.
Poliya tez orada telefoningizda
Ilova Android va iOS uchun tayyorlanmoqda. Yuklab olish havolalari shu sahifada paydo bo'ladi.
- Tez kundaApp Store
- Tez kundaGoogle Play
- Tez kundaTelegram bot